06:00 / 19.09.2019
2 668

"Real" Mbappeni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirishi mumkin

"Real" Mbappeni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirishi mumkin
"Real" rahbariyati PSJ bilan Kilian Mbappening transferi borasida kelishib oldi. "El Chiringuito" xabariga ko‘ra, "Real" futbolchining transferi uchun 225 million yevro to‘laydi.
Shuningdek, 50 million yevro bonuslar tarzida va’da qilinadi. Shu orqali Kilian Mbappe transfer narxi borasida jamoadoshi Neymardan o‘tib ketadi.

Oldinroq Mbappe "Real" bilan shartnoma borasida kelishib olgani borasida ma’lumotlar berilgandi. Uning yillik maoshi 35 million yevroga teng bo‘ladi.
2017 yilda PSJga o‘tgan Mbappe jamoasi tarkibida 91 o‘yinda 62 gol urib, 33 bora hammuallif bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" Mbappeni dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylantirishi mumkin