06:33 / 20.09.2019
2 561

Xabib Nurmagomedov: "Futbol tengi yo‘q sport"

Xabib Nurmagomedov: "Futbol tengi yo‘q sport"
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov afsonaviy fransuz futbolchisi Klod Makelele bilan tushgan fotosuratni instagram sahifasiga joylashtirdi. Sportchilar Parijda chempionlar ligasining guruh bosqichi "PSJ" - "Real" o‘yinida uchrashishdi.

“Bu afsonani kim eslaydi? Men uning ajoyib o‘yinlarini ko‘rib o‘sganman. Futbol - bu hech qanday sport yaqiniga yo‘lay olmaydigan, tengi yo‘q sport “, - deya fotosuratga izoh qoldirgan.

Hozir Makelele "Chelsi" ning texnik direktori. Futbolchi ikki karra Ispaniya chempioni, Chempionlar Ligasi g‘olibi, "Real" tarkibida UYeFA Superkubogi va qit’alararo kubok sohibi, shuningdek "Chelsi" da Angliyaning ikki karra chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedov: "Futbol tengi yo‘q sport"