19:38 / 20.09.2019
2 670

Mirazizbek Mirzahalilov mo‘g‘ulistonlik raqibini yengib finalga yo‘l oldi

Mirazizbek Mirzahalilov mo‘g‘ulistonlik raqibini yengib finalga yo‘l oldi
Bugun musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda. -57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mirazizbek Mirzahalilov final yo‘lida mo‘g‘ulistonlik Erdenebat Tsendbaatarga qarshi ringga ko‘tarildi.

Qiziqarli tarzda kechgan jang yakunida hakamlar bir ovozdan hamyurtimizning g‘alabasini qayd etishdi. Shu tariqa, yarim finalga chiqqan ikkinchi bokschimiz ham oltin medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar -52 vazn toifasida Shahobiddin Zoirov ham final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Oldinda esa bizni Bobousmon Baturov, Dilshodbek Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi yarim final janglari kutib turibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirazizbek Mirzahalilov mo‘g‘ulistonlik raqibini yengib finalga yo‘l oldi