20:00 / 20.09.2019
2 968

Peres Zidanning o‘rniga 3 nafar murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda

Peres Zidanning o‘rniga 3 nafar murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanning o‘rniga nomzodlar qidirishni boshlab yubordi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Peres ushbu lavozimga Joze Mourinyu, Massimiliano Allegri va Raul Gonzalezlarning nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Ta’kidlash kerakki, portugaliyalik va italiyalik mutaxassislar ayni damda ishsiz hisoblanishadi. Ispaniyalik murabbiy esa "Real Madrid Kastilya"ni boshqarmoqda.

Ma’lumot uchun, Zidanning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Bordiyu u iste’foga chiqarilsa, klub unga 80 mln yevro tovon puli to‘lashi lozim.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Peres Zidanning o‘rniga 3 nafar murabbiy nomzodini ko‘rib chiqmoqda