21:02 / 20.09.2019
2 367

Mirjalol Qosimov: Tanaffusdan so‘ng AGMKning o‘yini sustlashdi

Mirjalol Qosimov: Tanaffusdan so‘ng AGMKning o‘yini sustlashdi
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Surxon" hamda AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (1:0) so‘ng olmaliqliklar ustozi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Havoni issiqligiga qaramasdan o‘yingohga kelgan muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etildi. Birinchi bo‘lim keskin kurashlarga va vaziyatlarga boy tarzda o‘tdi. Dastlabki taymda biz ham, raqib ham gol urishi mumkin edi.

Tanaffusdan keyin jamoamiz bo‘shashgandek ko‘rindi. Shuningdek, gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatdagi oddiy xato qimmatga tushdi. Uchrashuvning qolgan daqiqalarida vaziyatni o‘nglash uchun harakat qildik. Biroq "Surxon" jamoasi himoyalanishda yaxshi o‘ynadi hamda qarshi hujumda harakat qildi. Biz esa hisobni tenglashtirish uchun yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik", - deb Qosimovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: Tanaffusdan so‘ng AGMKning o‘yini sustlashdi