23:30 / 20.09.2019
2 498

Aleksandr Xomyakov: "Dinamo"da ahvol yaxshi emas"

Aleksandr Xomyakov: "Dinamo"da ahvol yaxshi emas"
"Dinamo"-"Andijon" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Andijon" jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etib, savollarga javob qaytardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

- Albatta, natija meni quvontirdi. Juda muhim uchrashuvda g‘olib bo‘ldik. "Olti ochkolik" o‘yinligini bilib turganimiz uchun uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Raqib hujumga zo‘r berishi ma’lum edi. Shu sababli, shogirllarimga himoyada bexato o‘ynashlarini, tezlik bilan qarshi hujumga o‘tishlarini uqtirdim. Raqibning xatomizdan foydalanib sodir etgan bir-ikki hujumlarini hisobga olmaganda, shogirdlarim barcha ko‘rsatmalarimni aniq bajarishdi. Yigitlarga minatdorchilik bildiraman.
Shuningdek, doim bizni yolg‘izlatib qo‘ymaydigan muxlislarimizni bugungi g‘alaba bilan alohida tabriklayman!

- Ketma-ket yetti mag‘lubiyatdan keyin "Dinamo" jamoasidan nima kutayotgandingiz?
- Raqibning asabiylashib turgani aniq. Sababi, birinchi davrada yorqin o‘yin namoyish etgan jamoaning hozirgi kunda ketma-ket muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgani yoqimsiz albatta. Bugun ular o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq oldinga o‘tishini hisobga olgandik va kutgandik. O‘yindagi asosiy maqsadimiz himoyada bexato o‘ynash va qarshi hujumga o‘tish edi.

- Hisob o‘yinga yarasha bo‘ldimi?
- O‘yinni teng bo‘ldi deb aytish mumkin. Sababi, gol kiritganimizdan keyin ham vaziyatlar yaratdik. Raqib ham gol o‘tkazib yuborganidan keyin vaziyatlar yaratdi. Imkoniyatdan foydalanish bobida ustunlik qildik. Qaytarib aytaman, asosiy maqsadimiz himoyamizda xato qilmaslik va raqibni xato qilishga majburlash edi. Bunday o‘yinlarda uchrashuv taqdirini 1-2 ta vaziyatlar hal qiladi. Kam xato qilgan jamoa yutadi. Bularning barchasini udallay oldik.

- "Andijon" xavfli zonani tark etdi deb aytish mumkinmi?
- Aslo, yo‘q! Avvalo, bizda Pro ligaga ravona bo‘lish haqida o‘y yo‘q. Bu haqda o‘ylamayapmiz ham. To‘g‘ri, turnir jadvalida vaziyat juda qiyinlashib bormoqda turdan turga. Qolaversa, o‘yin tashkil qilishda bizda muammolar bo‘ldi. Lekin Superligadan tushib ketmasmikinmiz degan fikr yo‘q jamoada.

- Superligada qolishga kurashayotgan "Buxoro" va "Dinamo" jamoalarining qaysi birida vaziyat og‘ir deb hisoblaysiz?
- Fikrimcha, "Dinamo"ning taqvimi qiyinga o‘xshayapti.

- O‘zingizni" Dinamo" uchun noqulay murabbiy deb hisoblaysizmi? "Mash’al" bilan ham, "Andijon" bilan ham doim yutib ketasiz.
- Men bunday statistikalarga qiziqmayman. Men bu haqda o‘ylamayman ham.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xomyakov: "Dinamo"da ahvol yaxshi emas"