Sayohatlar uchun mo‘ljallangan Wegoplace onlayn-servisi 2019 yilda yakka sayyohlar uchun eng xavfsiz hisoblangan davlatlar reytingi Solo Travel Safety Report 2019’ni e’lon qildi.
Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Adbuhakimov Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
E’tiborlisi, O‘zbekiston ushbu reytingning yetakchi beshtaligidan joy oldi.
Hisobot 142 ta davlat vakillaridan bir necha mezon bo‘yicha so‘rovnoma asosida tuzilgan. Ularga tungi shahar bo‘ylab sayr vaqtida o‘zlarini qanchalik xavfsiz his qilishlari, mahalliy politsiyaga qanchalik ishonishlari va biror hujum yoki talonchilikka uchraganlari haqida savollar berilgan.
Natijalar esa eng yuqori xavfsizlik indeksiga Singapur (97 birlik) egaligini ko‘rsatgan. Undan keyingi o‘rinlarni Norvegiya, Islandiya va Finlyandiya egallagan, ulardan har birining xavfsizlik indeksi 93 birlikni tashkil qilgan. 5-o‘rinni esa 91 birlik bilan O‘zbekiston egallagan.
Undan keyingi o‘rinlarni Hongkong (91), Shveysariya (91), Kanada (90), Indoneziya (89) va Daniya (88) egallagan.
Davlatlar hisobotda 4 darajali xavfsizlik sxemasi bo‘yicha baholangan: 1-guruhga safar uyushtirish eng xavfsiz bo‘lgan, 4-guruhga esa borish qat’iyan tavsiya qilinmaydigan davlatlar kiritilgan.
O‘zbekiston 1-guruhga, ya’ni yakka sayyohlar o‘zlarini xavfsiz his qiladigan davlatlar qatoriga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?