11:43 / 21.09.2019
3 166

Erkin kurash: Hasanboy Rahimov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Erkin kurash: Hasanboy Rahimov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
Qozog‘iston poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. -125 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz Hasanboy Rahimov Tokio-2020ga litsenziya qo‘lga kiritdi.

Moldovalik Aleksandr Romanovni 6:0 hisobida mag‘lub etgan Rahimov kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyati va, eng asosiysi, Tokio Olimpiadasining yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz bronza medali uchun xitoylik Jivei Denga qarshi gilamga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, bu terma jamoaning Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan sakkizinchi yo‘llanmasidir. Kechki dasturda -86 va -97 kilogramm vazn toifalarida Javrail Shapiyev hamda Magomed Ibragimov ham Olimpiadaga yo‘llanmasi uchun kurash olib boradilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erkin kurash: Hasanboy Rahimov Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi