13:20 / 21.09.2019
2 305

Magomed Ibragimov va Abbos Rahmonov chorak finalga chiqdi

Magomed Ibragimov va Abbos Rahmonov chorak finalga chiqdi
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
-97 kg vazn toifasida Magomed Ibragimov 1/8 finalda ruminiyalik Albert Saritovga qarshi gilamga tushdi va 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

Endi uning chorak finaldagi raqibi amerikalik tajribali kurashchi, 2016 yilgi Rio Olimpiadasida, Las-Vegas (2015) va Parijdagi (2017) jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lgan Kayl Snayder bo‘ladi.

Magomed Ibragimov saralash bosqichida polshalik Radoslav Baranni osonlik bilan taslim etgandi - 10:0.

Shuningdek, O‘zbekiston erkin kurash jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Abbos Rahmonov nimchorak finalda ruminiyalik Nikolai Oxlopkovni 8:1 hisobida yengib, chorak finalga chiqdi.
Abbos Rahmonov saralash bosqichida filippinlik Yegor Dmitriyevni osonlik bilan yenggandi (14:2).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Magomed Ibragimov va Abbos Rahmonov chorak finalga chiqdi