Toshkentda mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali boshlandi

  • 21 sentyabr 2019, 19:00
  • 335
  • Sport
  • Toshkentda mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali boshlandi
    Joriy yil 20-29 sentyabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo shaxmat festivali bo‘lib o‘tadi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston hamda O‘zbekistonning eng kuchli shaxmatchilari o‘rtasida musobaqalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

    O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan ushbu musobaqa shaxmatchilar uchun reytingli ekani bilan ahamiyatlidir. Musobaqa Nizomiga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida chempion bo‘lgan shaxmatchi 3 000 yevro, qizlar o‘rtasida mutlaq chempion esa 1 500 yevro mukofot puli bilan taqdirlanadi. 200 nafarga yaqin shaxmatchi ishtirok etayotgan festivalda standart va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

    FIDE, «Rosatom» hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu musobaqada 20 yoshgacha bo‘lgan hamda o‘g‘il bolalar orasida 1 800, qizlar o‘rtasida esa 1 600 reyting ballidan yuqori ko‘rsatkichga ega aql-idrok sohiblari qatnashish huquqiga ega. 9 turdan iborat bahslarda har bir qatnashuvchiga partiya oxirigacha 90 daqiqa vaqt beriladi. Har bir yurish uchun nazorat vaqti esa 10 daqiqa etib belgilangan.

    Bugun soat 12:00da O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi binosida musobaqa oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda FIDE prezidenti maslahatchisi, Osiyo shaxmat federatsiyasi vitse-prezidenti Berik Balgabayev, Markaziy Osiyo shaxmat federatsiyasining 3/4 zonasi prezidenti, xalqaro toifadagi hakam Husan Turdialiyev hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Anjumanda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

    Shundan so‘ng musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov so‘zga chiqib, bo‘lajak musobaqada barchaga omad va zafarlar tiladi. So‘ngra faxriy mehmon ramziy yurish bilan musobaqani boshlab berdi.

    Markaziy Osiyo shaxmat festivali g‘oliblari 29 sentyabr kuni ma’lum bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda mukofot jamg‘armasi 12 000 yevro bo‘lgan shaxmat festivali boshlandi