19:44 / 21.09.2019
2 675

Mirazizbek Mirzahalilov kubalik bokschini mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi!

Mirazizbek Mirzahalilov kubalik bokschini mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi!
57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Mirazizbek Mirzahalilov hal qiluvchi jangda kubalik Lazaro Alvares Estradaga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahs ikkinchi raundda kubalik bokschining jarohati olgani bois to‘xtatildi va aynan shu vaqtga qadar bo‘lgan ochkolar hisoblab chiqilganda hakamlar bokschimizning g‘alabasini qayd etishdi.

Shu tariqa, Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan Mirzahalilov jahon birinchiligida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun oldinda bizni Dilshodbek Ro‘zmetov va Bahodir Jalolov ishtirokidagi finallar kutib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirazizbek Mirzahalilov kubalik bokschini mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘ldi!