20:38 / 21.09.2019
2 216

"Paxtakor" muddatidan oldin Superliga chempioni bo‘ldi

"Paxtakor" muddatidan oldin Superliga chempioni bo‘ldi
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi muddatidan avval O‘zbekiston Superligasi chempionligini qo‘lga kiritdi.

Shota Arveladze shogirdlari 20-turda safarda "Metallurg" jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu esa "sherlar"ning muddatidan avval chempionlikni tantana qilishiga zamin yaratdi.

"Metallurg" bilan kechgan o‘yinda dastlab Abbos Otaxonov o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Keyinchalik zaxiradan maydonga tushgan Zohid Abdullayev muvozanatni tikladi. Oradan bir daqiqa o‘tib esa Dostonbek Hamdamov "Paxtakor"ning uchrashuvdagi ikkinchi golini urdi. Bu esa jamoaga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, "Paxtakor" o‘z tarixida 12 marotaba O‘zbekiston chempioni nomiga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Superligasi, 20-tur

"Metallurg" - "Paxtakor" - 1:2
Gollar:
Zohid Abdullayev (77) - Abbos Otaxonov (26, avtogol), Dostonbek Hamdamov (78)

«Metallurg»: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbosjon Otaxonov, 10. Islombek Isoqjonov, 11. Baxrom Abduraximov, 17. Muzaffarjon Muzaffarov, 19. Doniyor Usmonov, 21. Kamoliddin Tojiyev, 28. Stanislav Andreyev, 30. Andrey Shipilov, 55. Akbarjon Ismatullayev, 85. Baxodir Pardayev.
«Paxtakor»: 35. Sanjar Quvvatov, 2. Bobirjon Asqarov, 3. Xojiakbar Alijonov, 9. Jaloliddin Masharipov, 10. Dragan Cheran, 15. Yegor Krimets, 17. Dostonbek Xamdamov, 21. Marat Bikmayev, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 29. Vladimir Kozak, 34. Farrux Sayfiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" muddatidan oldin Superliga chempioni bo‘ldi