22:28 / 21.09.2019
3 297

Boks. Bahodir Jalolov azaliy raqibini yengib, jahon chempioni bo‘ldi

Boks. Bahodir Jalolov azaliy raqibini yengib, jahon chempioni bo‘ldi
Yekaterinburgda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.

-91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov hal qiluvchi jangda qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayevga qarshi ringga ko‘tarildi. Qiziqarli tarzda kechgan bahs so‘nggida hakamlar bir ovozdan bokschimizning g‘alabasini qayd etishdi.

Shu tariqa, Jalolov terma jamoamiz hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Shahobiddin Zoirov (-52 kg) va Mirazizbek Mirzahalilov (-57 kg)lar shohsupaning eng yuqorisidan o‘rin olishgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Bahodir Jalolov azaliy raqibini yengib, jahon chempioni bo‘ldi