9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida havaskorlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Turnirda 8 vazn toifasida medallar uchun kurash kechdi va yakunda O‘zbekiston boks terma jamoasi 3ta oltin, 1ta kumush va 1ta bronza medal olgan holda birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston boks terma jamoasiga umumiy hisobda ustunlik keltirgan uchinchi oltin medalni eng og‘ir vazn toifasida (+91 kg) qozog‘istonlik Qamshibek Qonqabayevni mag‘lub etgan Bahodir Jalolov qo‘lga kiritdi.
Ushbu bokschi turnir tashkilotchilari tomonidan jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Bahodir Jalolov turnirdagi ishtirokini nimchorak finalda boshlagan va dastlabki jangda ukrainalik Sonte Rogavani mag‘lub etgandi. U chorak finalda amerikalik Richard Torresni nokautga uchratdi, yarim finalda rossiyalik Maksim Babaninga imkoniyat qoldirmasdan finalga chiqqandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi