15:13 / 22.09.2019
2 614

UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli...

UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli...
Xabaringiz bor 2-noyabr kuni "MGM Grand arena" da rossiyalik bokschi Sergey Kovalyov hamda meksikalik Saul Alvares o‘rtasida jang bo‘lib o‘tadi.

Bu jangni aslida UFC prezidenti Dana Uaytga nima og‘iri tushadi?

Gap shundaki, 2 noyabr kuni Nyu-Yorkda UFC ning eng kutilgan jang kechalaridan biri UFC 244 ham aynan "MGM Grand" da bo‘lib o‘tadi. Unning markaziy jangida yarim o‘rta vazn toifasida Nayt Dias va Xorxe Masvidal o‘rtasida dahshatli jang bo‘lishi kutilmoqda.

Uayt Saul Alvaresning promouteri Oskar De La Xoyani UFC ning markaziy jangi bilan raqobat qilishini ahmoqlik deb hisoblaydi. Bu ikki funksioner orasida ochiq dushmanlik bor ekanligi barchaga ma’lum.

“Bu juda oddiy, biz ushbu sanani oldindan buyurtma qilganmiz, deydi Uayt. - Bir hafta o‘tdi, va ular 2 noyabr kuni ajoyib shou qilishni xohlashlarini eshitdim. Menimcha, DAZN dasturida raqobatchi tomon shou qilish bu mutlaqo ahmoqona fikr ! Ammo bu ularning g‘oyasi va ularga javob beramiz.

Ehtimol, ular baribir voqealar rivojini vaqti kelganda hal qilishar. Yaqinda (Bob Arum shousida (Top Rank) Tayson Fyuri va Otto Uollin Jastin Gatji va Kovboy Serrone o‘rtasidagi jangimiz tugaganidan so‘ng ringga chiqishgan edi.

Shunday qilib, agar ular to‘g‘ri vaqtni tanlasalar, unda yaxshi. Ammo, ular ochiq raqobatni xohlasalar, unda ... ko‘rsatib qo‘yamiz”-degan Dana Uayt.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC va professional boks orasida ochiq raqobat boshlanadi, shekilli...