19:58 / 22.09.2019
4 388

Eshitdik-da! Ektor Kuper ertaga o‘z yurtiga uchib ketadi

Eshitdik-da! Ektor Kuper ertaga o‘z yurtiga uchib ketadi
Foto: championat.asia
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi argentinalik Ektor Kuper 23 sentyabr kuni o‘z vataniga uchib ketadi.
10 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Yaman bilan, 15 oktyabr kuni safarda Singapur bilan o‘ynaydi. Mana shu o‘yinlarga 3 hafta vaqt qolganida Ektor Kuperning o‘z yurtiga uchib ketmoqda. Bundan kelib chiqadiki, O‘FA hamda Kuper tovon puli borasida o‘zaro kelishib olishgan va juda katta ehtimol bilan terma jamoamizni navbatdagi o‘yinlarga boshqa murabbiy boshlab tushadi.

JCh-2022 saralashi doirasidagi Falastindan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Kuper haqida ko‘plab xabarlar tarqalgandi. Ammo hozirga qadar bu borada rasmiy ma’lumot berilmadi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eshitdik-da! Ektor Kuper ertaga o‘z yurtiga uchib ketadi