23:16 / 22.09.2019
2 661

Ibragimovich 30 yoshdan keyin "gol mashinasi"ga aylandimi?

Ibragimovich 30 yoshdan keyin "gol mashinasi"ga aylandimi?
AQShning "Los-Andjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich yana bir ajoyib natijani qayd etdi.

Gap shundaki, 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi bugun MLSning "Monreal Impekt"ga (2:1) qarshi bahsida o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi va shu tariqa 30 yoshdan keyin urgan gollari sonini 300 taga yetkazib oldi.

Ma’lumot uchun, Ibragimovich professional faoliyati davomida "Los-Andjeles Gelaksi"dan tashqari "Malme", "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona", "Milan", PSJ va “Manchester Yunayted” klublarida to‘p surgan. Uning jami gollari 452 tani tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ibragimovich 30 yoshdan keyin "gol mashinasi"ga aylandimi?