08:17 / 23.09.2019
2 990

Hamidjon Akatmov: To‘rt oydan buyon maosh olmayapmiz, futbolchilar qachongacha rahmat uchun o‘ynashadi?

Hamidjon Akatmov: To‘rt oydan buyon maosh olmayapmiz, futbolchilar qachongacha rahmat uchun o‘ynashadi?
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Qizilqum» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

«Bunyodkor» jamoasini bugun g‘alaba bilan tabriklayman! Yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Hisobda ortda qolayotgan bo‘lsak-da, g‘alaba qozonish uchun harakat qildik, ammo omad kelmadi. Umumiy ma’noda, hisob o‘yinga mos.

Jamoada moliyaviy muammolar bor. Shu vaqtgacha indamagandim, mana to‘rtinchi oyga qarab ketyapti, futbolchilar maosh olgani yo‘q. Qachongacha rahmat uchun o‘ynaydi? Ularni ham oilasi bor, ishlayaptimi, maoshini olishlari kerak. Yil boshida homiy bo‘lishi kerak bo‘lgan tashkilotlar, bugun homiylik qila olmasligini aytib xat beryapti. Dardim ichimda, nima deyishga hayronman. Jamoada ichki muhit yaxshi, shunchaki, yigitlarni ruhlantira olmayapman", - deb Aktamovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Bunyodkor" rasmiy sayti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamidjon Akatmov: To‘rt oydan buyon maosh olmayapmiz, futbolchilar qachongacha rahmat uchun o‘ynashadi?