01:00 / 23.09.2019
2 802

Muhsin Muhammadiyev: "Qarshida g‘alaba qozonish har qanday jamoaning orzusi"

Muhsin Muhammadiyev: "Qarshida g‘alaba qozonish har qanday jamoaning orzusi"
"Nasaf" - "Buxoro" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Bugun ajoyib o‘yinni o‘tkazdik, Qarshida g‘alaba qozonish har qanday jamoaning orzusi, biz eplay oldik. "Nasaf" kuchli hurmatga sazovor jamoa, kuchli murabbiy va jamoaning aksar o‘yinchilari yosh, jismonan baquvvat. Maydon chimi ajoyib holatda. Bunaqa maydonda yomon o‘ynash mumkin ham emas. O‘yinga tuzgan rejalarimizni yigitlar a’lo darajada bajarishdi. Oldingi turda o‘z maydonimizda yutqazib qo‘ygan edik. Bizda hozir barcha o‘yinlar finaldek. Turnir jadvali shuni taqazo etmoqda.

G‘alaba qozonganimizdan benihoyatda xursandman. Barchani muhim g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi murabbiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muhsin Muhammadiyev: "Qarshida g‘alaba qozonish har qanday jamoaning orzusi"