Murod Xonto‘rayev rossiyalik Yevgeniy Myakinkinni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi

  • 23 sentyabr 2019, 09:43
  • 1 192
  • Sport
  • Murod Xonto‘rayev rossiyalik Yevgeniy Myakinkinni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi
    Mashhur MMA yulduzimiz Murod Xonto‘rayev ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana ringga qaytdi.

    Kecha oqshom «Osiyo ayig‘i» poytaxtimizdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida o‘zining professional jangini o‘tkazdi. Xonto‘rayev rossiyalik 33 yoshli MMA jangchisi Yevgeniy Myakinkinga qarshi ringga chiqdi va raqibini muddatidan avval bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

    Ushbu jangni bevosita sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarov ham kuzatib borgan va bahs yakunlanishi bilan ringga chiqib, Murod Xonto‘rayevni g‘alaba bilan tabriklagan.

    Ma’lumot uchun, Yevgeniy Myakinkin shu kungacha 14 ta jangda g‘alaba qozongan edi. Kechagisi bilan qo‘shib hisoblaganda mag‘lubiyatlari soni 9 taga yetdi. Raqiblarini 4 ta jangda muddatidan avval taslim etgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Murod Xonto‘rayev rossiyalik Yevgeniy Myakinkinni muddatidan avval mag‘lubiyatga uchratdi