20:05 / 23.09.2019
4 303

Vadim Abramov: "Terma jamoa bilan bir umrlik shartnoma tuzdim"

Vadim Abramov: "Terma jamoa bilan bir umrlik shartnoma tuzdim"
"Bunyodkor" klubi ustozi Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
championat.asia sayti Vadim Abramov bilan qisqa intervyu tashkil etdi.

- Vadim Karlenovich, tabriklaymiz. Terma jamoa bosh murabbiyi bo‘lishga tayyormidingiz?
- Rahmat. Bilmadim, balki shundaydir.

- Ermatov bilan uchrashuvdan keyin barchasi hal bo‘ldimi?
- Ha.

- Ishni qachon boshlaysiz?
- Allaqachon boshladim.

- Terma jamoa qachon yig‘iladi?
- 2 oktyabr kuni.

- Tarkibda qandaydir o‘zgarishlar bo‘ladimi?
- Hozircha shoshmaylik, o‘sha paytda barchasi aniq bo‘ladi.

- Endi "Bunyodkor" nima bo‘ladi?
- Bu borada alohida e’lon beriladi. Hozir hech narsa aniq emas. Boshlangan ishni oxiriga yetkazib qo‘yish kerak.

- Terma jamoada sizga kimlar yordam beradi?
- Timur Kapadze va Mirko Yelichich.

- So‘nggi savol terma jamoa bilan necha yillik shartnoma tuzdingiz?
- Bir umrlik (kuladi).

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: "Terma jamoa bilan bir umrlik shartnoma tuzdim"