06:35 / 24.09.2019
2 547

Ueyn Runi Aleksandr Ovechkindan «qarz»ini uzdi

Ueyn Runi Aleksandr Ovechkindan «qarz»ini uzdi
Foto: «Twitter»
«Vashington Kepitalz» jamoasi xokkeychilari poytaxtning «Di Si Yunayted» jamoasi «Sietl Saunders»ga qarshi o‘tkazgan o‘yinni tomosha qilgani kelishdi. O‘yinda «Di Si Yunayted» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘sha yerda Aleksandr Ovechkin va Ueyn Runi uchrashib qolishdi. Xokkeychilar o‘tirgan tribuna futbolchilar kiyinish xonasiga kirib ketadigan yo‘lakning shundoqqina yonida joylashgandi. Rus xokkeychisini ko‘rib qolgan Runi u bilan salomlashish uchun oldiga borgan, keyin esa kiyim almashtirish xonasiga taklif qilib, unga o‘z dastxati tushirilgan futbolkasini sovg‘a qilgan.

Quvonchli lahzalar aks etgan fotosuratni «Di Si Yunayted» o‘z tvitteriga joylashtirdi.
Albatta, voqea faqatgina Aleksandr Ovechkin «Manchester Yunayted» fanati ekani uchungina yuz bermadi.

Ueyn Runi va Aleksandr Ovechkin bir yil avval, «Vashington Kepitalz» o‘yin o‘tkazgan kuni ham uchrashishgan va Ovechkin o‘z klyushkasini Runiga tuhfa qilgandi. Endi esa ingliz futbolchisi qarzini uzdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ueyn Runi Aleksandr Ovechkindan «qarz»ini uzdi