13:53 / 25.09.2019
2 696

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashadi

O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashadi
Bilasiz, joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Otabek G‘ulomxo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda. Sentyabr oyida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Iordaniyada yig‘in o‘tkazib, Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Oktyabr oyida ham O‘zbekiston U-19 terma jamoasi yana bir xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Vakillarimiz Tailandda o‘tadigan “GSB Bangkok Cup” musobaqasiga taklif oldi. Mazkur musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vetnam yoshlar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. Musobaqa 2 ta o‘yin kunidan iborat bo‘lib, yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun, yarim finalda mag‘lub bo‘lganlar esa 3-o‘rin uchun o‘yinda maydonga tushishadi.

“GSB Bangkok Cup” musobaqasi taqvimi:

10 oktyabr | Yarim final
Janubiy Koreya U19 – O‘zbekiston U19
Tailand U19 – Vetnam U19

12 oktyabr | 3-o‘rin uchun
1-o‘yin mag‘lubi – 2-o‘yin mag‘lubi

12 oktyabr | Final
1-o‘yin g‘olibi – 2-o‘yin g‘olibi

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda o‘tadigan xalqaro musobaqada qatnashadi