22:10 / 25.09.2019
2 871

Anzur Ismoilov milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi

Anzur Ismoilov milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi
Toshkentning «Lokomotiv» klubi himoyachisi Anzur Ismoilov O‘zbekiston milliy jamoasidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda Tribuna.uz nashri ma’lum qildi.
Anzur klubdagi o‘yinlarga ko‘proq e’tibor berish uchun mamlakatning bosh jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Professional faoliyatini Samarqandning «Dinamo» jamoasida boshlagan Anzur Ismoilov keyinchalik «Traktor», «Paxtakor», «Bunyodkor», «Chanchun Yatay» va «Lokomotiv» jamoalarida o‘ynagan. 2007 yildan buyon milliy jamoada o‘ynab kelayotgan Anzur mamlakatning bosh jamoasi safida 101 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anzur Ismoilov milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi