08:46 / 26.09.2019
2 769

La Liga. «Real» g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi

La Liga. «Real» g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi
La Ligada 6-turning yana bir o‘yini yakunlandi. O‘z maydonida «Osasuna»ni qabul qilgan «Real» 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Vinisius hamda Rodrigoning kiritgan chiroyli gollarni Zidan jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Real» ochkolari sonini 14 taga yetkazib, La Liga turnir jadvalining yaqqon yetakchisiga aylanib oldi.

La Liga. 6-tur
Real Madrid – Osasuna 2:0
Gollar:
Vinisius Junior (36), Rodrigo (72).
Real Madrid: Areolya, Nacho, Odriosola, Militao, Ramos, Kroos, Kazemiro, Vaskes, Valverde (Xames, 82), Vinisius Junior (Rodrigo, 71), Yovich.
Osasuna: Ruben Martines, Lilo Kastelyano, Ronkalya, Estupinyan, Navas, Monkayola, Ruben Garsiya, Ibanes (Roberto Torres, 70), Merida, Brandon (Vilyar, 65), Kardona (Chimi Avila, 65).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. «Real» g‘alaba qozonib, 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi