12:43 / 26.09.2019
2 701

Bugun U-23 Osiyo chempionatiga qurʼa tashlanadi

Bugun U-23 Osiyo chempionatiga qurʼa tashlanadi
2020-yil 8-26-yanvar kunlari Tailand poytaxti Bangkokda navbatdagi U-23 Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.
Shu munosabat bilan bugun mazkur musobaqaga qurʼa tashlash marosimi oʻtkaziladi. Qurʼa marosimi Bangkokdagi “Rama Gardens” mehmonxonasida tashkil etiladi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.

Qurʼa mexanizmiga koʻra, 16 jamoa toʻrttadan 4 guruhga boʻlinadi va har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yoʻl oladi. Musobaqa yakunida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar Tokio-2020 Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oladi.

Bilasiz, navbatdagi Olimpiada oʻyinlari 2020-yil Tokioda tashkil etiladi. Olimpiada oʻyinlarining futbol musobaqasi uchun Osiyoga mezbon Yaponiyadan tashqari yana uchta oʻrin ajratilgan. Agar Yaponiya olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida yarim finalga qadar yetib borsa, unda toʻrtinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan jamoa qoʻshimcha imtiyozga ega boʻladi.

Shuningdek, savatchalar ham aniq. Oʻzbekiston U-23 terma jamoasi 2018-yilgi musobaqada chempionlikni qoʻlga kiritgani bois 1-savatchada boʻladi.

1-savatcha: Tailand (mezbon), Oʻzbekiston, Vyetnam, Qatar
2-savatcha: Janubiy Koreya, Iroq, Yaponiya, KXDR
3-savatcha: Xitoy, Avstraliya, Iordaniya, Saudiya Arabistoni
4-savatcha: Suriya, Eron, BAA, Bahrayn.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun U-23 Osiyo chempionatiga qurʼa tashlanadi