15:23 / 26.09.2019
2 253

AGMK — "Bunyodkor" qarama-qarshiligida yubiley to‘qnashuv (prevyu)

AGMK — "Bunyodkor" qarama-qarshiligida yubiley to‘qnashuv (prevyu)
O‘zbekiston Kubogi yarim finalida ketma-ket ikkinchi yildirdi "Bunyodkor" bilan to‘qnash kelinmoqda.
Mazkur to‘qnashuv umumiy hisobda ushbu jamoalarning kubok yarim finalidagi o‘zaro uchinchi bellashuviga aylanadi. Bunga qadar AGMK va "Bunyodkor" 2008 hamda 2018 yillarda yarim final bosqichida o‘zaro to‘qnashgan. O‘tgan yili finalga yo‘llanma beruvchi bahsda AGMK g‘alabani tantana qilgan bo‘lsa, 2008 yilgi bahsda "Bunyodkor"ning qo‘li baland kelgan.

AGMK va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, bo‘lajak o‘yin barcha musobaqalarda umumiy hisobdagi 30-uchrashuvga aylanadi. Hozirgacha o‘tkazilgan o‘yinlarda 4 marotaba AGMK g‘alabani tantana qilgan bo‘lsa, 6 bor durang qayd etilgan va 19 marta "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati ham "qaldirg‘ochlar" foydasida: 28-60.

E’tiborlisi, AGMK tarixda uchinchi bor, ketma-ket ikkinchi yili yarim final bosqichiga qadar yetib keldi. Farqli tarafi, AGMK jamoasi bu gal musobaqaning amaldagi g‘olibi sifatida kubokni himoya qiladi.

AGMK O‘zbekiston Kubogida o‘tgan yildan buyon mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda. Mazkur musobaqadagi g‘alabali odim 7 o‘yinga yetgan.

Ayni paytda AGMKni boshqarib borayotgan hozirgi kundagi chempionatimizning eng sovrindor murabbiy - Mirjalol Qosimov yarim finaldagi "Bunyodkor" ustozi sifatida 3 marotaba O‘zbekiston Kubogida g‘olib chiqqan. "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov esa bir marotaba O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan.

Qiziq tomoni, ayni damda chempionatda ishlayotgan murabbiylarning barchasini ushbu musobaqada qo‘lga kiritgan g‘olibliklarini qo‘shgan taqdirda ham AGMK ustozi Mirjalol Qosimov yutgan kubok soniga tenglashmaydi. Ayni paytdagi mutaxassislar ichidan yarim finalchi "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va bo‘lajak "Bunyodkor" ustozi Vadim Abramovda bittadan O‘zbekiston Kubogi g‘olibligi mavjud.

"Bunyodkor" tarixda 4 marotaba O‘zbekiston Kubogida (2008, 2010, 2012, 2013) g‘olibga aylangan. "Qaldirg‘ochlar" ayni damda AGMK bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Mirjalol Qosimov qo‘l ostida (2010, 2012, 2013) 3 marotaba zafar quchishgan bo‘lsa, 2008 yili braziliyalik mutaxassis Ziko bilan ilk bor O‘zbekiston Kubogi sohibiga aylanishgandi.

AGMK esa o‘tgan yili o‘z tarixida ilk bor Baxtiyor Ashurmatov qo‘l ostida O‘zbekiston Kubogida muvaffaqiyat qozondi. AGMK ketma-ket ikkinchi yil yarim finalga yo‘l olgandek final masalasini ham takrorlashga qattiq urinib ko‘radi.

AGMK va "Bunyodkor" qarama-qarshiligi tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, bo‘lajak o‘yin barcha musobaqalarda umumiy hisobdagi 30-uchrashuvga aylanadi. Hozirgacha o‘tkazilgan o‘yinlarda 4 marotaba AGMK g‘alabani tantana qilgan bo‘lsa, 6 bor durang qayd etilgan va 19 marta "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. To‘plar nisbati ham "qaldirg‘ochlar" foydasida: 28-60.

Katta afisha: Qosimov & Abramov
O‘zbek futbolida murabbiylar o‘rtasidagi eng katta qarama-qarshilik, hozirda AGMK va "Bunyodkor" jamoalarini boshqarayotgan mutaxassislar Qosimov hamda Abramovning murabbiylik faoliyatidagi statistikasi va o‘zaro to‘qnashuvlariga e’tibor qaratamiz.

Ayni paytda AGMKni boshqarib borayotgan hozirgi kundagi chempionatimizning eng sovrindor murabbiy — Mirjalol Qosimov yarim finaldagi raqib "Bunyodkor" ustozi sifatida 3 marotaba O‘zbekiston Kubogida g‘olib chiqqan. "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov esa bir marotaba O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangan.

Qiziq tomoni, ayni damda chempionatda ishlayotgan murabbiylarning barchasini ushbu musobaqada qo‘lga kiritgan g‘olibliklarini qo‘shgan taqdirda ham AGMK ustozi Mirjalol Qosimov yutgan kubok soniga tenglashmaydi. Ayni paytdagi mutaxassislar ichidan yarim finalchi "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va bo‘lajak AGMK ustozi Vadim Abramovda bittadan O‘zbekiston Kubogi g‘olibligi mavjud.

"Bunyodkor" tarixda 4 marotaba O‘zbekiston Kubogida (2008, 2010, 2012, 2013) g‘olibga aylangan. "Qaldirg‘ochlar" ayni damda AGMK bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Mirjalol Qosimov qo‘l ostida (2010, 2012, 2013) 3 marotaba zafar quchishgan.

Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov shu kunga qadar chempionat, O‘zbekiston kubogi, Superkubok va Liga Kubogi doirasida jami 5 marotaba to‘qnash kelishgan. Qosimov va Abramov qarama-qarshiligida yaqqol ustunlik AGMK ustozi tarafida. Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi jamoalar Abramov boshqargan klublarni barcha musobaqalarda mag‘lub etishga erishgan. Yaqinda O‘zbekiston terma jamoasi ruliga o‘tirgan va "Bunyodkor"ni boshqarayotgan Vadim Abramov faqatgina bir marotaba Superliga o‘yinida Qosimov boshchiligidagi AGMKni mag‘lub etgan. Mirjalol Qosimov esa chempionat, Superkubok, O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogida Abramov boshqargan jamoalarni 4 bor taslim qilgan.

Ushbu mutaxassislarning yana bir o‘xshashlik tarafi, taniqli va tajribali murabbiylar turli vaqtlarda terma jamoa boshqaruvida ham ishlashgan. Statistikaga nazar soladigan bo‘lsak, Qosimov terma jamoa rulida 40 o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Abramov 28 uchrashuvda ishlagan.

Mirjalol Qosimov qo‘l ostida terma jamoa 19 g‘alabaga erishgan, 9 durang va 12 bor mag‘lubiyatga uchragan. Vadim Abramov esa terma jamoa bilan 11 bor g‘alaba qozongan, 5 durang va 12 mag‘lubiyat qayd etilgan. Foiz ko‘rsatkichida qaraydigan bo‘lsak, Qosimov o‘tkazilgan deyarli teng yarim o‘yinda g‘alaba qozongan — 48%. Abramovda esa o‘tkazilgan o‘yinlar soniga nisbatan g‘alaba foizi 39ni tashkil qiladi. Shuningdek, Abramov terma jamoa rulida g‘alabadan ko‘ra ko‘proq mag‘lubiyatga uchragan. Ya’ni, bu borada statistika Mirjalol Qosimov ustunligini namoyon qilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, har ikkala mutaxassis terma jamoa bilan Osiyo Kubogida ham qatnashgan. Qatarda o‘tgan qit’a chempionatida Abramov terma jamoa bilan yarim finalga qadar chiqqan bo‘lsa, 2015 yilgi musobaqada Qosimov terma jamoa rulida chorak finalda Janubiy Koreyaga qo‘shimcha taymlarda yutqazgandi.

Tajribali mutaxassislar OChLda ham ishtirok etishgan. Qosimov "Bunyodkor"ni nufuzli musobaqada ikki marotaba yarim finalga qadar yetaklagan bo‘lsa, Abramov "Lokomotiv" boshqaruvida guruhdan chiqa olmagan.

Mirjalol Qosimov OChL doirasida o‘tkazilgan 38 o‘yinda quyidagi natijalarni qayd etgan: 14 g‘alaba, 14 durang va 10 mag‘lubiyat.
Vadim Abramov esa OChL doirasida ishlagan 6 uchrashuvda quyida natijalarga erishgan: 1 g‘alaba, 1 durang hamda 4 mag‘lubiyat.

O‘zbekiston chempionatida Qosimov 190 o‘yin o‘tkazgan, Abramovda esa 223 o‘yin mavjud. AGMK ustozi Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi jamoalar chempionatda 121 g‘alaba, 34 durang va 35 mag‘lubiyat qayd etgan.
"Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov boshqargan jamoalar chempionatda 111 g‘alaba, 37 durang va 75 marotaba mag‘lubiyatga uchragan.

Mirjalol Qosimovning murabbiylik faoliyatida erishgan yutuqlari:
O‘zbekiston chempioni: 3 (2010, 2011, 2013)
O‘zbekiston Kubogi sohibi: 3 (2010, 2012, 2013)
O‘zbekiston Superkubogi sohibi: 1 (2014)
OChL yarim finalchisi: 2 (2008, 2012)

Vadim Abramovning murabbiylik faoliyatida erishgan yutuqlari:
O‘zbekiston kubogi sohibi: 1 (2014)
O‘zbekiston Superkubogi sohibi: 1 (2015)
Osiyo Kubogi yarim finalchisi: 1 (2011)

26 sentyabr kuni ushbu mutaxassislar Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida o‘tadigan AGMK - "Bunyodkor" o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi yarim final uchrashuvida o‘zaro kuch sinashishadi. Mazkur to‘qnashuv ushbu mutaxassislarning o‘zaro oltinchi bellashuviga aylanadi. Final chiptasi hal etiladigan ajoyib o‘yinga futbol muxlislarini taklif etamiz.

Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov shu kunga qadar chempionat, O‘zbekiston kubogi, Superkubok va Liga Kubogi doirasida jami 5 marotaba to‘qnash kelishgan. Qosimov va Abramov qarama-qarshiligida yaqqol ustunlik AGMK ustozi tarafida. Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi jamoalar Abramov boshqargan klublarni barcha musobaqalarda mag‘lub etishga erishgan. Yaqinda O‘zbekiston terma jamoasi ruliga o‘tirgan va "Bunyodkor"ni boshqarayotgan Vadim Abramov faqatgina bir marotaba Superliga o‘yinida Qosimov boshchiligidagi AGMKni mag‘lub etgan. Mirjalol Qosimov esa chempionat, Superkubok, O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogida Abramov boshqargan jamoalarni 4 bor taslim qilgan.

Manba: AGMK matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AGMK — "Bunyodkor" qarama-qarshiligida yubiley to‘qnashuv (prevyu)