17:18 / 26.09.2019
3 546

FIFAning firibgarligi fosh bo‘ldi

FIFAning firibgarligi fosh bo‘ldi
Sudan terma jamoasi bosh murabbiyi Zdravko Logarushich Nikaragua terma jamoasi sardori Xuan Barreraning ortidan yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlashda FIFAning firibgarlik qilganini iddao qilmoqda.

Logarushichning so‘zlariga ko‘ra u o‘z ro‘yxatida birinchi o‘ringa Muhammad Saloh, ikkinchi o‘ringa Sadio Mane va uchinchi o‘ringa Virjil van Deykni qo‘ygan. Biroq, FIFAning rasmiy hisobotida u "Barselona" forvardi Lionel Messiga ovoz bergani ma’lum bo‘lgan.

U yuqoridagi ayblovi asossiz bo‘lib qolmasligi uchun FIFAga yuborgan xatining suratini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, yakunda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb Lionel Messi topildi. U van Deykdan bor yo‘g‘i 8 ochko ko‘p to‘plagan xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFAning firibgarligi fosh bo‘ldi