06:00 / 27.09.2019
2 369

«Barselona» Messi yana jarohat olganini tasdiqladi

«Barselona» Messi yana jarohat olganini tasdiqladi
Bir oydan ortiq vaqt davomida jarohatini davolagan Lionel Messi safga qaytganidan keyin «Barselona» safida boshlang‘ich tarkibda tushgan ilk o‘yinidayoq yangi jarohat orttirib olgan.

U 24 sentyabr kuni «Vilyarreal»ga qarshi kechgan o‘yinning (2:1) birinchi bo‘limida jarohat olgan. Bu ma’lumot «Barselona» matbuot xizmati tomonidan rasman tasdiqlandi.

Argentinalik futbolchi chap oyog‘idagi bo‘g‘imlarni shikastlab olgan va endi yana tiklanish jarayonini o‘tashi kerak bo‘ladi. U navbatdagi turda «Xetafe»ga qarshi kechadigan o‘yinda ishtirok eta olmaydi.

23 sentyabr kuni Lionel Messi FIFAning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritgandi, keyingi o‘yinda u «Vilyarreal»ga qarshi 45 daqiqa davomida harakat qildi. Bu o‘yin uning safga qaytishidan keyin boshlang‘ich tarkibdagi ilk o‘yini bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Messi yana jarohat olganini tasdiqladi