12:34 / 27.09.2019
2 746

«Chelsi» Neymar uchun 300 million yevro, futbolchiga yiliga 42 million yevro maosh bermoqchi

«Chelsi» Neymar uchun 300 million yevro, futbolchiga yiliga 42 million yevro maosh bermoqchi
Londonning "Chelsi" klubi 2020 yilning yozida PSJ forvardi Neymarni sotib olmoqchi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” 27 yoshli braziliyalik futbolchiga rad etib bo‘lmas taklif yuborishadi. Aniqrog‘i, londonliklar Neymar uchun PSJga 300 mln yevro, uning o‘ziga esa yiliga 42 mln yevro maosh taklif qilishmoqchi. Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, Neymar sayyoramizning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy yoz “Real” yoki “Barselona”ga o‘tishi mumkin edi, biroq PSJ uni qo‘yib yuborishni xohlamadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» Neymar uchun 300 million yevro, futbolchiga yiliga 42 million yevro maosh bermoqchi