23:53 / 27.09.2019
3 090

Bektemir Meliqo‘ziyev chempionlik kamari uchun jang qiladi

Bektemir Meliqo‘ziyev chempionlik kamari uchun jang qiladi
Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev noyabr oyida o‘zining prof boksdagi uchinchi jangini o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda GoSport.

Ma’lum qilinishicha, Meliqo‘ziyev 26 noyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadigan boks kechasida ringga ko‘tariladi. 10 raunddan iborat jang WBA mintaqaviy chempionlik kamari uchun kechadi. Biroq Bektemirga kim raqiblik qilishi hozircha noma’lum bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Meliqo‘ziyev avvalroq argentinalik Martin Fidel Rios va meksikalik Rikardo Luna Floresga qarshi bahs olib borgan hamda ularni nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bektemir Meliqo‘ziyev chempionlik kamari uchun jang qiladi