08:12 / 28.09.2019
2 926

Ukrain jurnalistlari ta’biri bilan aytganda "Tyomnaya loshadka" yana ringga qaytmoqda

Ukrain jurnalistlari ta’biri bilan aytganda "Tyomnaya loshadka" yana ringga qaytmoqda
Hamyurtimiz ukrainalik jurnalistlar ta’biri bilan aytganda “Tyomnaya Loshadka”, ya’ni Jamshidbek Najmiddinov deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng, yana ringga qaytmoqda. U 6 oktyabr kuni poytaxtimizda o‘tkaziladigan boks oqshomida rossiyalik Pele Sadoyanga qarshi WBC yo‘nalishining Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari chempionlik kamari uchun 10 raundlik jangda ringga ko‘tariladi.

Ushbu bokschimiz 63,5 kg vazn toifasida jang olib boradi. Yurtdoshimiz professional boksda 14 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alaba qozongan. Bir bora shov-shuvli jangda hakamlarning shubhali qarori tufayli, ukrainalik sobiq chempion - Viktor Postolga mag‘lub bo‘lgan edi. Uning raqibi Pele Sadoyan ham juda kuchli bokschi sanaladi. U profi ringda mag‘lubiyatsiz odimlamoqda. Uning hisobida 9 ta jang, 7 ta g‘alaba va 2 ta durang bor.
Eslatib o‘tamiz: Jamshidbek Najmiddinov WFA (World Fighting Assotiation) chempionlik kamarining amaldagi sohibi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ukrain jurnalistlari ta’biri bilan aytganda "Tyomnaya loshadka" yana ringga qaytmoqda