09:36 / 28.09.2019
2 447

Sportchi tobi qochgan raqibiga marragacha yetib olishda ko‘maklashdi (video)

Sportchi tobi qochgan raqibiga marragacha yetib olishda ko‘maklashdi (video)
Dohada yengil atletika bo‘yicha boshlangan jahon chempionatining 5000 metrga yugurish bo‘yicha saralash bosqichida gvinei-bisaulik yuguruvchi Braima Sunkar Dabo o‘zini yomon his qilgan Aruba vakili Jonatan Basbiga marragacha yetib olishda ko‘maklashdi.

Arubalik sportchi yugurish vaqtida dim havo sababli o‘zini yomon qilib, masofada zo‘rg‘a harakatlangan va marraga o‘zi yetib borishi dargumon bo‘lgan. Oxirgi davra boshida gvinei-bisaulik sportchi raqibini qo‘lidan tutib, unga marra chizig‘ini kesib o‘tishda yordam bergan. Ikki sportchi tomoshabinlar olqishlari ostida marraga birgalikda kelishgan. Finishdan keyin holdan toygan arubalik sportchi yerga yiqilgan.

G‘alaba esa masofani 13 daqiqa 24,69 soniyada yugurib o‘tgan efiopiyalik Selemon Baregaga nasib etgan. Daboning natijasi esa 18 daqiqa 10,87 soniyani tashkil qilgan. Arubalik sportchi ko‘rsatgan vaqt esa hisobga olinmagan.

Bu yo‘nalishda final bosqichi 30 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Chempionat 6 oktyabrgacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sportchi tobi qochgan raqibiga marragacha yetib olishda ko‘maklashdi (video)