15:00 / 28.09.2019
3 622

Arveladzega kerak bo‘lmagan futbolchi milliy terma jamoaga jalb etildi

Arveladzega kerak bo‘lmagan futbolchi milliy terma jamoaga jalb etildi
AGMK jamoasidan futbolchilar terma jamoalarimizning oktyabr oyidagi tashkil etiladigan yig‘inlariga chaqiruv olishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasiga AGMK vingeri Jasur Yaxshiboyev, Lyubinko Drulovich boshchilik qilayotgan Olimpiya terma jamoamiz yig‘iniga esa yosh darvozabon Nizomiddin Ziyovutdinov jalb etildi.

Shuningdek, olmaliqliklar murabbiylar shtabida faoliyat ko‘rsatadigan massajchi Abdulla Rizboyev ham oktyabr oyidagi yig‘inida bosh jamoamizga ko‘mak beradi.

O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Toshkentda Yaman (10 oktyabr) va safarda Singapurga (15 oktyabr) qarshi bellashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladzega kerak bo‘lmagan futbolchi milliy terma jamoaga jalb etildi