17:53 / 28.09.2019
2 795

Abduqahhorovdan qochib yurgan chempionlar - Spens va Porter taroziga chiqdi

Abduqahhorovdan qochib yurgan chempionlar - Spens va Porter taroziga chiqdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQShning Kaliforniya shtati Los-Anjeles shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkaziladi. Unda IBF chempioni Errol Spens hamda WBC kamari sohibi Shon Porter birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko‘tarilishadi.

Bugun bokschilar tarozidan o‘tish marosimida ishtirok etishdi va e’tiborlisi har ikkala chempion ham bir xil tosh bosishdi - 66,7 kilogramm.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov IBF reytingida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Chempion Errol Spens hozircha o‘zini Abduqahhorovdan olib "qochib" yuribdi.

Boks kechasining nufuz jihatidan ikkinchi ahamiyatli jangi ikkinchi yarim o‘rta vazn (76,2 kg) toifasida bo‘lib o‘tadi. WBC Regular chempioni Entoni Direll kamarini "ta’til"dagi WBC chempioni David Benavidesdan himoya qiladi. Bu ikki bokschi ham bir xil vazn qayd etishdi - 76 kilogramm.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqahhorovdan qochib yurgan chempionlar - Spens va Porter taroziga chiqdi