09:30 / 29.09.2019
2 740

UFC Fight Night 160 turnirining barcha natijalari bilan tanishing

UFC Fight Night 160 turnirining barcha natijalari bilan tanishing
Daniya poytaxti Kopengagenda tashkil qilingan UFC Fight Night 160 turniri ham o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda ilk bora debyut qilgan hamyurtimiz italiyalik raqibi Alessio di Kiriko ustidan hakamlarning yakdil ovoziga ko‘ra, g‘alaba qozondi.

Yana bir bizga tanish bo‘lgan ya’ni hamyurtimiz Murod Xonto‘rayevdan mag‘lubiyatga uchragan, Ion Kutselaba Xalil Rauntrini birinchi raundning o‘zida nokautga uchratib, o‘z g‘alabasini nishonladi.

Quyida qolgan natijalarni e’tiboringizga xavola etamiz:
Djon Fillips- Alen Amedovski ( Djon birinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi)
Siyar Bahodurzoda – Ismail Naurdiyev (Hakamlar qaroriga ko‘ra, Naurdiyev g‘olib chiqdi)
Brendon Devis – Giga Chikadze (Hakamlar qaroriga muvofiq Chikadze g‘alaba qozondi)
Meysi Chiasson- Lina Lensberg (Hakamlar qaroriga ko‘ra Lina g‘olib chiqdi)
Mark Diakezi – Lando Vannata (Hakamlar qaroriga ko‘ra, Diakezi g‘alaba qozondi)
Djek Shor – Noelin Ernandes ( Shor uchinchi raundda muddatdan avval g‘alaba qozondi)
Nikolya Dolbi – Aleks Oliveyra ( Hakamlar qaroriga ko‘ra, Dolbi g‘alaba qozondi)
Mixal Oleksiychuk – Ovins Sen Pryo ( Ikkinchi raundda Sen-Pryo g‘alaba qozondi)
Gunnar Nelson –Gilbert Byorns (Hakamlar qaroriga ko‘ra, g‘alaba Byorns hisobiga yozildi)
Mark Madsen – Danilo Belluardo ( Madsen birinchi raundda raqibini nokautga uchratdi)

Markaziy jang
Djek Xermansson – Jared Kannone (Jared ikkinchi raundda nokaut bilan g‘alaba qozondi)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » UFC Fight Night 160 turnirining barcha natijalari bilan tanishing