Ispaniya kubogi. «Barselona» chorak final taqdirini hal qildi

  • 09 yanvar 2015, 10:57
  • 4 237
  • Sport
  • Ispaniya kubogi. «Barselona» chorak final taqdirini hal qildi

    "Barselona" so‘nggi kunlarda o‘zi atrofida "bolalab" ketgan gap-so‘zlarga biroz bo‘lsa-da barham berish uchun "Elche" ustidan ishonchli g‘alaba qozonishi shart edi. Kataloniyaliklar buni uddalashdi.

    Hujum chizig‘i o‘z ishini a’lo darajada bajardi. Neymar (2ta), Suares va Messi o‘z hisoblariga gol yozishdan tashqari, kerakli paytda assistentlik vazifasini ham yaxshi bajarishdi.

    "Barselona" Ispaniya kubogi nimchorak finalining dastlabki o‘yinida 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va amalda chorak final taqdirini hal qilib qo‘ydi. Chorak finalda ular "Real" - "Atletiko" juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladilar.

    Ispaniya kubogi, nimchorak final, dastlabki o‘yin
    "BARSELONA" – "ELChE" - 5:0
    Gollar: 1:0 – 34 Neymar, 2:0 – 39 Suares, 3:0 – 45, penalti Messi, 4:0 – 55 Alba, 5:0 – 59 Neymar.
    Barselona – ter Shtegen, Dani Alves, Bartra, Pike (Samper, 75), Alba (Adriano, 60), Roberto, Maskerano, Rakitich, Neymar (Pedro, 66), Suares, Messi.
    Elche – Titon, Lomban, Albakar, Pelegrin, Sisma (Fragapane, 72), Suares, Fajr, Roko, Pashalich, Koro (Jonatas, 57), Errera (Niges, 63).
    Ogohlantirishlar: Suares (42), Roko (44), Pelegrin (77).

    Manba va foto: www.stadion.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ispaniya kubogi. «Barselona» chorak final taqdirini hal qildi