23:31 / 29.09.2019
3 703

Umar Eshmurodov: "Terma jamoaga qo‘limdan kelganicha yordam beraman"

Umar Eshmurodov: "Terma jamoaga qo‘limdan kelganicha yordam beraman"
"Nasaf" klubi sardori Umar Eshmurodov O‘zbekiston terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘iniga chaqirildi.
Shu munosabat bilan biz futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Faoliyatingiz davomida birinchi marta O‘zbekiston milliy terma jamoasiga taklif etildingiz. Buni eshitib nimalarni his qildingiz?
- Birinchi navbatda bundan xursand bo‘ldim. Mehnatlarim besamar ketmayotganini his qildim. Terma jamoaga qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Klubdagilar ham ilk bor terma jamoaga chaqiruv olganimdan so‘ng meni tabriklashdi.

- Ro‘ziqul Berdiyev terma jamoaga chaqirilgach qandaydir maslahatlar berdimi?
- Menga alohida hali maslahat bermadilar. Ammo yig‘ilishlarda doim terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarga boringlarni berib o‘ynanglar, terma jamoaga yordam beringlar deb tayinlaydilar.

- Terma jamoa markaziy himoyasida raqobat haqida qanday fikrdasiz? To‘g‘ri Anzur Ismoilov terma jamoadan ketdi. Ammo sizdan tashqari Yegor Krimets, Islom To‘xtaxo‘jayev, Rustam Ashurmatov, Doston Tursunov kabi futbolchilar ham bor.
- Terma jamoa bo‘lganidan keyin eng kuchlilar chaqiriladi. Shu bois raqobat bo‘lishi aniq. Futbolchilar mashg‘ulotlarda ishlashadi, murabbiylar esa kim o‘sha payt yaxshi tayyor bo‘lsa o‘shani maydonga tushirishadi.

- Vadim Abramovning o‘yin uslubidagi qaysi jihatlar ko‘proq yoqadi?
- O‘zbek futbolchilariga va muxlislariga to‘p bilan o‘yin yoqadi. Buni rad qilib bo‘lmaydi. To‘p bilan o‘ynash o‘zbek futboliga ham mos deb o‘ylayman.

- "Nasaf" Superligada so‘nggi turlarda omadsiz natijalar qayd etmoqda. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
- Bu narsani ko‘p o‘ylayman. Tarkibimizda yosh futbolchilar juda ko‘p, bundan tashqari ko‘plab futbolchilar milliy va olimpiya terma jamoasi yig‘inlariga borib kelishmoqda. Masalan, sentyabr oyidagi FIFA kunlari vaqtida shaxsan men 3-4 kun dam oldim. Termaga chaqirilganlar esa umuman dam olishmadi. Futbolchi baribir dam olib turishi kerak. Charchab qolgan futbolchilar o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish eta olmaydi.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umar Eshmurodov: "Terma jamoaga qo‘limdan kelganicha yordam beraman"