12:33 / 30.09.2019
3 071

Vadim Abramov milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibni eʼlon qildi

Vadim Abramov milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibni eʼlon qildi
Oʻzbekiston milliy jamoasining Yaman va Singapurga qarshi oʻyinlar uchun kengaytirilgan tarkibi aniq boʻldi. Unda bir qator yangi nomlarni uchratish mumkin. Masalan, “Nasaf” sardori Umar Eshmurodov faoliyatida ilk marta milliy jamoadan taklif oldi.

Abramov “Bunyodkor”da oʻynayotgan shogirdlaridan 4 nafarini ham milliy jamoaga chaqirdi. Lutfullo Toʻrayev 4 yillik tanaffusdan soʻng yana bosh jamoaga qaytgan boʻlsa, Dilshod Ahmadaliyev va Abdumavlon Abdujalilovlar uchun milliy jamoa eshiklari ilk marta ochildi.

Tarkibda shuningdek “Metallurg” sardori Akbar Ismatullayevni ham uchratish mumkin. Shuningdek, Jamshid Iskanderov ham uzoq muddatdan soʻng yana bosh jamoaga chaqirildi. Demak Yaman va Singapurga qarshi oʻynashi mumkin boʻlgan kengaytirilgan tarkib quyidagicha koʻrinish oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibni eʼlon qildi