19:15 / 01.10.2019
3 587

U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari taqvimi tasdiqlandi

U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari taqvimi tasdiqlandi
Joriy yilning oktyabr va noyabr oylarida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi.
Mazkur musobaqa final bosqichining mezboni – O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ayni paytda Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Osiyo futbol konfederatsiyasi saralash o‘yinlarining taqvimini tasdiqladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, mezbon sifatida allaqachon musobaqaning final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olib ulgurgan O‘zbekiston U-19 terma jamoasi noyabr oyida Saudiyada quyidagi raqiblar bilan maydonga tushadi:

U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralashi
“F” guruhi


Saudiya Arabistoni
O‘zbekiston
Hindiston
Afg‘oniston

6 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – Afg‘oniston
18:05 | O‘zbekiston – Hindiston

8 noyabr
18:05 | Afg‘oniston – O‘zbekiston
21:05 | Hindiston – Saudiya Arabistoni

10 noyabr
21:05 | Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston
18:05 | Hindiston – Afg‘oniston

Barcha uchrashuvlar Xobar shahridagi “Shahzoda Saud bin Jalavi” stadionida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari taqvimi tasdiqlandi