12:42 / 04.10.2019
3 228

Yana bir hamyurtimiz UFC bilan shartnoma tuzishi mumkin

Yana bir hamyurtimiz UFC bilan shartnoma tuzishi mumkin
Xabaringiz bor MMA yo‘nalishida bir qator qizlarimiz ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ular orasida eng mashhuri shubhasiz Lilya Shakirova desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu hamyurtimiz 6 oktyabr kuni Rossiyaning Samara shahrida GFC promoushenining yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun oktagonga chiqadi.

U ekvadorlik Germaniya Laskano bilan ushbu titul uchun jang olib boradi. Liliya ushbu promoushen tarkibida ikkita jang o‘tkazib ularda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritgan. Umuman olib qaraganda MMA yo‘nalishida 7 bora oktagonga ko‘tarilgan. Ularning 6 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir bora mag‘lubiyatga uchragan.

Yana bir ahamiyatga molik tarafi Liliya yaqin vaqtlar davomida UFC bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz: Ushbu yurtdoshimiz BUKA GYM klubida mashg‘ulotlar olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yana bir hamyurtimiz UFC bilan shartnoma tuzishi mumkin