Eldor Shomurodovni 4 ta dahshatli o‘yin kutib turibdi

  • 04 oktyabr 2019, 20:55
  • 1 807
  • Sport
  • Eldor Shomurodovni 4 ta dahshatli o‘yin kutib turibdi
    O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov tez orada MTJ safiga qo‘shiladi.
    Hamyurtimiz bungacha 6 oktyabr kuni "Rostov" safida maydonga tushadi. Yakshanbada Shomurodov to‘p tepayotgan jamoa Moskvada SSKA mehmoni bo‘ladi. "Armiyachilar" ayni damda turnir jadvalida peshqadamga aylanib olishgan. To‘purarlar jadvalida 9ta gol bilan yetakchilik qilayotgan Eldor Rossiya poytaxtidagi bahsda shu nomga munosib ekanligini isbotlashga harakat qiladi.

    Ushbu bahsdan so‘ng Shomurodov O‘zbekiston MTJda Yaman va Singapurga qarshi bahslarda maydonga tushishi kerak. 1-turdagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng bizga g‘alaba suv va havodek muhim.

    Terma jamoalar o‘yinidan keyin Eldor "Rostov"ga qaytib ketadi va 19 oktyabr kuni uni "Zenit"ga qarshi bahs kutib turadi. Sankt-Peterburg klubi ham turnir jadvalida yetakchilar safida bormoqda.

    Eldor Shomurodovni kutib turgan keyingi 4 ta o‘yin:

    6 oktyabr. SSKA - "Rostov"
    10 oktyabr. O‘zbekiston - Yaman
    15 oktyabr. Singapur - O‘zbekiston
    19 oktyabr. "Zenit" - "Rostov"

    Manba: Championat.asia

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Eldor Shomurodovni 4 ta dahshatli o‘yin kutib turibdi