“Oʻzbekiston oʻtmishdagi xatolarni takrorlamasligi kerak” — Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi

  • 05 oktyabr 2019, 13:16
  • 1 007
  • Sport
  • “Oʻzbekiston oʻtmishdagi xatolarni takrorlamasligi kerak” — Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi
    Foto: FIFA.com
    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi. Ahmedov oʻz soʻzida oʻtmishdagi xatolardan toʻgʻri xulosa chiqarish kerakligini taʼkidlagan.

    Bilasiz, milliy terma jamoamizning jahon chempionati saralashidagi omadsiz startidan soʻng argentinalik mutaxassis Ektor Kuperga chiqish eshiklari koʻrsatildi. Yana bir necha kundan soʻng terma jamoamizni jiddiy uchrashuvlar kutib turibdi.

    «Biz butun saralash bosqichida qoʻlimizdan kelgancha harakat qilishimiz va oʻz koʻrsatkichlarimizni yaxshilab olishimiz kerak. Agar biz Jahon chempionatiga chiqishni istasak oʻtmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz lozim boʻladi.

    Biz jahon chempionatida ishtirok etishga munosib ekanimizni isbotlay oldik. Soʻnggi mundialning saralash bosqichlarida juda yaxshi oʻynadik. Oʻshanda Rossiyadagi jahon chempionatiga borishdan juda umidvor edik, biroq soʻnggi bahslardagi omadsizliklar tufayli bu umidimiz puchga aylandi. Bu — futbol», — deya oʻz soʻzlarini yakunlagan Ahmedov.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » “Oʻzbekiston oʻtmishdagi xatolarni takrorlamasligi kerak” — Ahmedov FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi