18:47 / 05.10.2019
3 039

JCh-2022 saralash. Falastin Saudiya Arabistonini o‘zida qabul qiladi

JCh-2022 saralash. Falastin Saudiya Arabistonini o‘zida qabul qiladi
15 oktyabr kuni JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan Falastin - Saudiya Arabistoni uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Nihoyat uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng Falastin Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinni qayerda o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Falastin futbol assotsiatsiyasi prezidenti Jibril Rajub jurnalistlarga bergan intervyusida terma jamoa navbatdagi uy uchrashuvini ham o‘zida o‘tkazishini aytib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, Jibril Rajub FIFA vakillari bilan aloqaga chiqib terma jamoa nima bo‘lgan taqdirda ham o‘zida o‘ynashini aytgan.

Shunday qilib Falastin - Saudiya Arabistoni 15 oktyabr kuni Al Ram shahridagi biz o‘ynagan stadionda bo‘lib o‘tadigan bo‘ldi. 2018 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida ham Falastin bilan Saudiya Arabistoni bitta guruhda joy olgan bo‘lib, o‘shanda o‘yinlar betaraf mamlakatda o‘tkazilgandi. Endi bo‘lsa sekin-asta vaziyat o‘zgaryapti.

Faqat muammo shundaki, Saudiya Arabistoniga Falastinga qanday yetib boradi? Bu mamlakatga borish uchun eng qulay yo‘l Isroil chegarasini kechib o‘tishga to‘g‘ri keladi, lekin hozirda Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi aloqalar yaxshi emas. Shu bois arablar Iordaniya orqali borishni lozim topishdi.

Falastin terma jamoasi 4 oktyabrdan Belgiyada mashg‘ulotlarni boshladi. Terma jamoa bu yerda 10 oktyabrga qadar bo‘ladi. Shundan so‘ng uyiga qaytib Saudiya Arabistoni bilan kechadigan o‘yinga hozirlik ko‘radi. Har ikki jamoa bungacha besh bor rasmiy uchrashuvlarda to‘qnash kelgan bo‘lib, ikki bor durang qayd etilgan va uch marta Saudiya Arabistoni g‘alaba qozongan.

Yaxshi bilasiz, ushbu jamoalar joy olgan guruhda o‘ynayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 10 oktyabr kuni Toshkentda Yamanni qabul qilsa, 15 oktyabrda Singapur mehmoni bo‘ladi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2022 saralash. Falastin Saudiya Arabistonini o‘zida qabul qiladi