00:30 / 06.10.2019
3 571

O‘zbekiston MTJ yig‘iniga yana bir legionerimiz kelib qo‘shildi

O‘zbekiston MTJ yig‘iniga yana bir legionerimiz kelib qo‘shildi
Xabaringiz bor ayni paytda Vadim Abramov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari Yaman va Singapurga qarshi o‘yinlar uchun yig‘in o‘tkazmoqda.

Mashg‘ulotlarning dastlabki kunlarida Superliga klublari futbolchilari va xorijda to‘p tepayotganlardan Odil Ahmedov va Rustamjon Ashurmatov ishtirok etayotgandi. Bugundan mashg‘ulotlarga BAAning "Sharja" klubi yarim himoyachisi Otabek Shukurov kelib qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi va olimpiya terma jamoasi o‘zaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaman qarama-qarshiligi 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. 15 oktyabrda esa Singapur bilan safarda kuch sinashamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ yig‘iniga yana bir legionerimiz kelib qo‘shildi