Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,85) ringga ko‘tarilayotgan Isroil Madrimov navbatdagi jangida ham muddatdan avval g‘alaba qozondi.
Foto: Twitter /FrontProofMedia
Nyu-York shahridagi «Madison Square Garden» arenasida kechgan boks oqshomida Madrimov meksikalik tajribali raqib Alexandro Barreraga (29-6, 18 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 5 raundda nihoyasiga yetdi. Birinchi raundda ham nokdaun holatiga tushgan Barrera beshinchi raundda ham o‘zbekistonlik bokschining kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborgach, referi texnik nokaut qayd etib, jangni muddatidan oldin to‘xtatdi.
Shu tariqa, professional faoliyatidagi to‘rtinchi jangida ham g‘alaba qozongan (barchasida nokaut bilan) Isroil Madrimov WBA Intercontinental chempionlik kamarini birinchi marta himoya qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?