Bir necha daqiqalar avval o‘z yakuniga yetgan Nyu-York shahri "Medison Skver Garden" arenasidadagi professional boks oqshomining markaziy jangida qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin raqibi Ukraina vakili Sergey Derevyanchenko to‘qnash keldi. Birinchi raundda Golovkin raqibini nokdaun holatiga tushira oldi. Lekin Sergey qolgan raundlarda faollashib, Gennadiyni qiyin ahvolga ham tushirib qo‘ydi.
Ayniqsa, ukrainalik charmqo‘lqop ustasining tana qismiga yo‘llagan zarbalari og‘riqli bo‘ldi. Derevyanchenkoning dastlabki raundlarda qoshidan olgan jarohati ham biroz xalal bergandek taassurot uyg‘otdi. Shunday bo‘lsada, u o‘zida kuch topa oldi va nomdor raqibiga jiddiy qarshilik ko‘rsata oldi . Mazkur qarama-qarshilik o‘rta vaznda vakant turgan IBF chempionlik kamari uchun kechgan edi.
To‘liq 12 raund davom etgan to‘qnashuvda qozog‘istonlik bokschi hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi va yana chempionlik kamari soxibiga aylandi. Derevyanchenko esa, faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Hisob 114:113, 115:112, 115:112 ko‘rinish oldi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!