15:00 / 06.10.2019
3 001

Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Oʻzbekistonda jang oʻtkazadi

Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Oʻzbekistonda jang oʻtkazadi
Foto: fighttime.ru
Rossiyalik yakkakurash jangchisi Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Umar Nurmagomedov 23-noyabrda Oʻzbekistonda jang oʻtkazadi. Bu haqda Xabibning oʻzi xabar qildi.

Umar Nurmagomedovning hisobida 11 jangdan 11 ta gʻalaba bor.

Jangchi “Rat” jamoasi vakili Nikita Chistyakovga qarshi jang oʻtkazadi. Jangga GFC tashkiloti chepmpionlik kamari qoʻyilgan. Xabib bu liganing yuzi hisoblanadi.

Umar Nurmagomedov professional ringda 3 yildan beri ishtirok etadi va hozirda yengil vazndagi jangchilar dunyo reytingining 70-oʻrnini egallamoqda. Chistyakov ancha tajribali boʻlib, 2012-yildan beri jang qilib keladi, biroq reytingda raqibidan pastroqda turadi.

GFC turniri MMAʻning Oʻzbekistonda oʻtadigan ilk musobaqasi boʻladi. Uning davomida oʻzbekistonlik 7 jangchi va Nurmagomedov zalidan 6 jangchi ishtirok etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi Oʻzbekistonda jang oʻtkazadi