18:20 / 06.10.2019
2 718

Vadim Abramov: «Terma jamoani boshqarganimga 7 yil bo‘ldi. Bu vaqt ichida o‘zgardim»

Vadim Abramov: «Terma jamoani boshqarganimga 7 yil bo‘ldi. Bu vaqt ichida o‘zgardim»
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2 oktyabr sanasidan boshlab Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda.
Ushbu yig‘in doirasida milliy jamoamiz Jahon chempionati-2022 saralashi 2-bosqichidan o‘rin olgan Yaman hamda Singapur termalariga qarshi uchrashuvlarga hozirlik olib bormoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasini endilikda tajribali mutaxassis Vadim Abramov boshqarmoqda. Milliy jamoamiz boshqaruviga ikkinchi marta kelgan mutaxassis o‘tkazilayotgan ushbu yig‘in, oldindagi o‘yinlar haqida O‘FA rasmiy saytiga gapirib berdi:

— Milliy terma jamoani boshqarish, unga ustozlik qilish juda mas’uliyatli vazifa. Shu boisdan ilk kundanoq jiddiy ish jarayonini boshlab yuborganmiz. Men 7 yil oldin O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan edim. O‘shandan buyon oradan ancha vaqt o‘tdi. Bu orada futbol ham, terma jamoaga a’zo o‘yinchilar ham, xatto men ham o‘zgardim.

Saralash bosqichini afsuski, terma jamoamiz muvaffaqiyatli boshlay olmadi. Yigitlar ayni damda yuzaga kelgan vaziyatni juda yaxshi tushunib turishibdi. Barcha mas’uliyatni to‘la his etmoqda. Shu sababdan mana oldimizda turgan yaqin 2 ta o‘yinda vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirib, muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritishga urinamiz. Zero musobaqa jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilash hamda Jahon chempionati saralashining keyingi bosqichiga yo‘l olish imkoniyatini saqlab qolish uchun oldindagi uchrashuvlarda g‘alaba qozonmasak bo‘lmaydi, — dedi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: «Terma jamoani boshqarganimga 7 yil bo‘ldi. Bu vaqt ichida o‘zgardim»