18:45 / 06.10.2019
3 071

O‘zbekiston MTJ o‘rtoqlik o‘yinida olimpiyachilarimizni mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekiston MTJ o‘rtoqlik o‘yinida olimpiyachilarimizni mag‘lubiyatga uchratdi
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Paxtakor” stadionida olimpiyachilarimizga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Bellashuvda bosh jamoamiz Lyubinko Drulovich shogirdlarini 3:1 hisobida taslim etdi.

O‘yinda dastlab Dostonbek Hamdamov hisobni ochdi. Taym o‘rtalarida olimpiya terma jamaomiz hujumchisi Bobir Abdixoliqov muvozanatni tikladi.

Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, Igo Sergeyev penaltidan gol ura olmadi. Biroq o‘yindagi vaziyatda bosh jamoamiz forvardi dublga erishdi.
Shu tariqa, o‘rtoqlik o‘yinida Vadim Abramov shogirdlari Lyubinko Drulovich jamoasidan ustun kelishdi.

O‘zbekiston mtj - O‘zbekiston otj 3:1
Gol:
Doston Hamdamov (11), Igor Sergeyev (45, 58) - Bobir Abdixoliqov (34).
Amalga oshirilmagan penalti: Igor Sergeyev (37, darvozabon)

O‘zbekiston mtj: 1. Eldor Suyunov, 5. Rustam Ashurmatov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 4. Farruh Sayfiyev, 11. Akbar Ismatullayev, 3. Hojiakbar Alijonov, 18. Sardor Mirzayev, 6. Aziz G‘aniyev, 10. Jaloliddin Masharipov, 17. Dostonbek Hamdamov, 21. Igor Sergeyev.
Zaxiradagilar: 12. Sanjar Quvvatov, 15. Yegor Krimets, 2. Umar Eshmurodov, 22. Dilshod Ahmadaliyev, 14. Sharof Muhiddinov, 7. Odil Hamrobekov, 8. Jamshid Iskanderov, 17. Jasur Yaxshiboyev, 23. Xurshid G‘iyosov, 6. Oston O‘runov, 9. Odil Ahmedov, 13. Lutfullo To‘rayev, 19. Otabek Shukurov, 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov.

O‘zbekiston otj: 1. Abduvohid Ne’matov, 18. Husniddin Aliqulov, 2. Islom Qobilov, 20. Shaxboz Jo‘rabekov, 3. Ilhom Alijonov, 15. Oybek Rustamov, 6. Nurillo To‘xtasinov, 10. Bobir Abduxoliqov, 22. Sanjar Qodirqulov, 23. Oybek Bozorov, 11. Mirjahon Mirahmadov.
Zaxiradagilar: 12. Nizomiddin Ziyovutdinov, 21. Mashhurjon Muhammadjonov, 3. Ibrohim Yuldashev, 13. Sherzod Nasrullayev, 5. Dilshod Saitov, 4. Abdulla Abdullayev, 14. Abror Ismoilov, 17. Islom Rashidxonov, 8. Doston Ibragimov, 9. Asadbek Sobirjonov, 16. Azizbek Amonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJ o‘rtoqlik o‘yinida olimpiyachilarimizni mag‘lubiyatga uchratdi